O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchi va murabbiyini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnomada “Lokomotiv” ustozi Mirko Yelichich va “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan qatnasha olmaydi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Boisi ular xorijiy mutaxassislar hisoblanadi. Ovoz berish shartlariga ko‘ra, unda xorijiy mutaxassislar va futbolchilar ishtirok etmasligi kerak. Oliy Liganing 2016-yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra Mirko Yelichichning jamoasi chempionlik va kubokni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Sergey Lushchan shogirdlari kumush medalga ega chiqqandi. “Lokomotiv”, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida chorak finalga qadar yetib borgan.
Ma’lumot uchun, O‘FF so‘rovnomasida xoijiy mutaxassislar ishtirok etmaydi, biroq chet el ommaviy axborot vositalari unda o‘z ovozi bilan ishtirok etishi mumkin. Xorijiy mutaxassis va futbolchilarga nima sababdan eng yaxshi bo‘lish imkoniyati taqdim etilmaganiga esa oydinlik kiritilmagan.
Qayd etish kerak, futbol bo‘yicha kuchli beshlik milliy chempionatlarida yil murabbiyi bo‘lish imkoniyati xorijiy mutaxassislarga ham taqdim etilgan. Jumladan, so‘nggi mavsum yakuniga ko‘ra italiyalik murabbiy Klaudio Ranyeri Angliyada eng zo‘r bo‘lgan. Argentinalik Diyego Simeone esa Ispaniyada eng yaxshi deb topilgan.
Izoh (0)