• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Kseronusxa: Maroon 5’dan “ilhom olgan” Ilhom Farmonov

    Maroon 5’ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip hozirgacha YouTube’da 1,6 milliard marta ko‘rilgan va videoservis tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videolardan biri hisoblanadi (14-o‘rin). O‘sha 1,6 milliard tomoshabin orasida siz bo‘lmasangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang:

    Endi Ilhom Farmonovning “Yashang” qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qiling (bu yumush vaqtingizni ko‘p olmaydi):

    “Sugar”ning klipi qanday suratga olingan?

    “Sugar” qo‘shig‘i yozib bo‘linganidan so‘ng, 2014-yili Maroon 5 yakkaxoni Adam Levin o‘zining yaqin rejissor do‘sti Devid Dobkinga klip olishda yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.

    “Adam bilan tanishganimga 10 yildan oshgan, xotinimning ota-onasi Adamning buva-buvilari bilan oilaviy do‘st, Rojdestvoni ham har yili u bilan birga kutib olaman. Ko‘pdan beri birga biror narsa qilish haqida o‘ylardik, lekin hech buning mavridi kelmasdi”, — degandi Dobkin qo‘shiqqa ishlangan klip namoyishidan so‘ng.

    Foto: Hello!

    Foto: Hello!

    Rejissor klipda Maroon 5 va uning muxlislari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rinib turishini xohlagan va videoni Adamning ona shahri — Los-Anjelesda, aktyorlar emas, haqiqiy odamlar ishtirokida suratga olish istagini bildirgan.

    Dobkin 2005-yili aktyorlar Ouen Vilson va Vinni Jons ishtirokida “Chaqirilmagan mehmonlar” nomli filmni suratga olgan. U tasodifiy to‘ylarga amallab kirib, qizlar bilan tanishishni odat qilgan ikki do‘st haqida hikoya qiladi. “Chaqirilmagan mehmonlar” kinotanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan, 40 million byudjeti bilan 280 million dollardan ortiq daromad olgan.

    Maroon 5’ning qo‘shig‘i uchun Dobkin shunday g‘oya taklif qiladi — haqiqiy to‘ylarga mehmonga borib, kelin-kuyovlarni hayron qoldirish. Bu g‘oya Adamga ham ma’qul tushadi. “10 yil davomida hamma mendan shu filmga bog‘liq nimadir qilishni so‘rardi, — deydi Dobkin. — Biroq men o‘tmishga qaytishni istamasdim, chunki u haqiqatan ham yaxshi film chiqqan edi. Biroq klip g‘oyasi miyamizga o‘rnashib qolganidan so‘ng, shunday klip olish juda zo‘r bo‘ladi, degan fikrga keldik”.

    Klip konsepsiyasi tayyor bo‘lganidan so‘ng, “bostirib boriladigan” to‘ylar qidirila boshlandi. Dastlab klip suratga olinayotgani haqida hech kim, hatto to‘yxona va to‘y egasi ham bilmasligi kerak, degan fikr bo‘lgan. Biroq keyinroq bu haqda kamida bir kishi bilgani ma’qul, degan qarorga kelingan. Shunda ham to‘yxona egalariga klip Maroon 5 uchun olinayotgani aniq bildirilmay, “juda mashhur va bir necha ‘Gremmi’larni qo‘lga kiritgan xonanda kutilmagan mehmon bo‘lishi” aytilgan.

    Foto: Hello!

    Foto: Hello!

    Keyingi qadam — guruhning to‘y bo‘layotgan zalga yashirincha kirib kelishini ta’minlashdan iborat edi. Shunda Dobkin bir tugmani bosish bilan pardalari yerga tushib ketadigan chodirni ishlab chiqqan. So‘ng, Los-Anjelesda to‘ylar o‘tkaziladigan qator joylarda bo‘lib, qaysi birida shu chodirni o‘rnatish mumkinligini belgilagan.

    Repetitsiya kunlarining birida Adam Levin: “Odamlarga bizning bu ishimiz yoqmasa-chi? To‘yni buzib qo‘ysak-chi?”, degan savolni o‘rtaga tashlab, klip g‘oyasini shubha ostiga olgan. Shu bilan birga, quyidagicha “kompensatsiya” taklif qilgan: “Raqs maydonini odamlardan bo‘shatamiz-da, men gitarachim Jayms Valentayn jo‘rligida ‘She Will Be Loved’ning akustik versiyasini faqat kelin-kuyov uchun, ularning birinchi oilaviy raqsi uchun kuylab beraman”.

    Syomkaga bir necha kun qolganida, ba’zi tantana zallarining mas’ullari asabiylashib, Dobkin bilan kelishuvni bekor qilishni boshlagan. Shunda rejissor ularning har biri bilan alohida ko‘rishib, maxfiy mehmon aslida Maroon 5 ekanligini bildirgan. Oxir-oqibat, ularning aksariyati Adam Levinning qo‘shiqlari ixlosmandi bo‘lib chiqqan.

    Tasvirga olish kuni har bir to‘yda chodirni o‘rnatib, kelin-kuyovni hayron qoldirgan ko‘yi qo‘shiq aytib chiqib ketish uchun guruhda 20 daqiqacha vaqt bo‘lgan. Klipdagi birinchi — yahudiylarning to‘yida, chodir o‘rnatilayotgan va kelin-kuyov hali o‘z kursisida o‘tirgan vaqtda, Maroon 5 yigitlari liftda qamalib qolgan. Oxiri ular liftdan amallab chiqib, to‘qqiz qavat yugurgan va tasvirga olish joyiga yetib kelgan.

    Foto: Hello!

    Foto: Hello!

    Dobkinning yodga olishicha, suratga olish ishlari yakuniga yetganida Maroon 5 a’zolari unga xuddi: “Ey, Xudo! Hammasi juda ham ajoyib bo‘ldi! Keyingi to‘y qayerda?”, deb so‘rashga tayyor turgan edi.

    “Yashang” klipi tarixi haqida yozish shart emas

    Aksincha, uning qaysi lavhalari “Sugar”niki bilan bir xil ekanini ko‘rsatib o‘tish osonroq.

    1 (2)

    “Sugar”ning boshida Adam Levin: “Bugun 2014-yil 6-dekabr. Biz Los-Anjeles bo‘ylab sayr qilib, imkon qadar ko‘proq to‘ylarga bostirib kirish uchun to‘plandik”, — deydi. “Yashang”ning boshida esa Ilhom Farmonov: “Yurtimizda bayram, shodiyona, xursandchilik. Mana, bugun ham xalqimizning xizmatiga shaylandik”, — deydi.

    2 (2)

    “Sugar”da ham, “Yashang”da ham yordamchilar sellofanga o‘ralgan taxtalarni to‘yxonaga olib kiradi.

    9

    “Sugar”da ham, “Yashang”da ham yoshi kattaroq kishi: “Nima qilyapsanlar o‘zi?”, deb e’tiroz bildiradi va guruh vakili uni tinchlantirishga urinadi.

    7

    “Sugar”da ham, “Yashang”da yo‘lda qizlar guruh a’zolarini ko‘rib qolib, ular bilan selfiga tushadi (ha, “Sugar”da politsiya kelib, xalal beradi + “Yashang”da qizlar faqat Ilhom Farmonov bilan selfiga tushadi).

    8

    “Sugar”da ham, “Yashang”da ham tantana zali oshxonasidagi oshpazlardan biri yonidan mashhur xonanda o‘tib ketganidan hayratda qoladi (“Sugar”da, albatta, bu vaziyat ishonarliroq chiqqan).

    5

    Va nihoyat, “Sugar”da ham, “Yashang”da ham kutilmagan mehmondan kelin-kuyov juda va juda hayratda qoladi.

    3 (2)

    Shunchaki, “Sugar”da odamlarning hissiyotlari tabiiy va samimiy, “Yashang”da esa aktyorlar ijrosi butun klip kabi soxtaroq chiqqan.

    4

    Xulosa

    Maroon 5’ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasi 2015-yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. Shundan roppa-rosa 666 kun o‘tib — 2016-yil 10-noyabrida Ilhom Farmonovning “Yashang” qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’ga chiqarilgan va hozirgacha 20 ming marta ko‘rilgan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    23.12.2016, 09:56   Izoh (0)   43270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tom Xenks muxlisasi garovda g‘olib chiqishi uchun uning surati bilan selfiga tushdi

    23.12.2016, 05:38

    Sevinch Mo‘minova: Bir narsani aniq aytaman — Sharof Muqimov bilan hali qonunan ajrashganim yo‘q

    23.12.2016, 04:49

    O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova: O‘zbekistonda foniatriya klinikasi ochilsa, juda yaxshi bo‘lardi

    22.12.2016, 15:28

    Saif Ali Xon va Karina Kapur yangi tug‘ilgan farzandiga Amir Temur sharafiga Taimur deb ism qo‘ygani taxmin qilindi (foto)

    22.12.2016, 11:34

    2017-yilda Skruj Makdak haqidagi serialning yangisi chiqadi. Multfilmdagi o‘sha mashhur qo‘shiqni aktyorlar qanday kuylayotganini tomosha qiling

    22.12.2016, 11:17

    “Brigada” serialining qahramoni MTV Show’da

    22.12.2016, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ko‘plab avtobus yo‘nalishlarining qatnov yo‘li vaqtincha o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:50

    Isroilga moyillik ko‘rsatishni istamagan nomzod Nyu York meri bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 25 iyun, 19:40

    Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirishga oid qonunni maʼqulladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:30

    “Hukumat moliyaviy sektorda asosiy rol o‘ynayotgani yomon”. XVJ O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini tahlil qildi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 19:20

    Quyosh, dengiz va erkinlik: sayohat qilishni orzu qiluvchilar uchun ajoyib filmlar

    Kino | 25 iyun, 19:10

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    Andijonda 2,5 gektar yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:01

    Qora kiyimda kelish tavsiya etiladi: hayvonot bog‘ining o‘ziga xos sirlari

    Layfstayl | 25 iyun, 18:50

    “Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlar yo‘q” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 25 iyun, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.