Rossiyaning Irkutsk shahrida “Boyarishnik” suyuqligi bilan ommaviy zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Oldinroq metanol iste’moli tufayli 71 kishi o‘lgani bildirilgandi.
Irkutsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Tatyana Shkurskayaga ko‘ra, 43 kishi kasalxonalarda, qolganlar uyda olamdan o‘tgan. Jami 122 kishi zaharlangan, ulardan 31 nafari kasalxonada qolmoqda.
9 kishiga tibbiy muolajalardan so‘ng ruxsat berilgan, yana 8 kishi tibbiy muassasalarni mustaqil ravishda tark etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)