Fransiyaning colette konseptual universal do‘koni MAD Paris atelyesi bilan hamkorlikda Rolex Milgauss soatining moslashtirilgan versiyasini chiqardi. Bu haqda Highsnobiety ma’lum qildi.
Bu soatlar bo‘yicha aniq vaqtni aniqlab bo‘lmaydi. Chunki barcha raqamlar siferblatning quyi qismida joylashtirilgan. Siferblat ingliz tilidagi Who cares I’m already late (Nima farqi bor, allaqachon kech qoldim) yozuvi bilan bezatilgan.
Soat uchun Rolex Milgauss modeli asos bo‘lib xizmat qildi. Uning sekund mili barcha shu modellardagi kabi chaqmoq ko‘rinishida yasalgan. Korpus zanglamaydigan po‘latdan ishlangan.
Mazkur soatdan besh nusxa chiqarilgan. Ularni do‘kon rasmiy sayti orqali 17,5 ming yevrodan buyurtma qilish mumkin edi, biroq partiya allaqachon sotilib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.