AQShning Menomoni shahri (Viskonsin shtati) politsiya ofitseri Martin Folkzik tezlikni oshirganligi uchun to‘xtatilgan yigitga bo‘yinbog‘ini bog‘lashga yordam berdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda, deb yozadi TJournal.
Talaba Trevor Kini ofitserga taqdimotga kech qolayotganligi va bo‘yinbog‘ini bog‘lashga yordam beruvchi do‘stini topishga urinayotganligini so‘zlab berdi.
Folkzik yigitga yordamini taklif qildi va bo‘yinbog‘ini bog‘lab qo‘ydi. Shu bilan bir paytda Kinining haydovchilik guvohnomasi va sug‘urtasini tekshirib qo‘ydi. Qoidabuzarlik uchun talaba ogohlantirildi.
Kinining nashrga so‘zlab berishicha, u taqdimotda yuqori — 92 ball to‘plagan va ofitserdan yana bir dars olishga qaror qilgan.
“Men qaytib, u bilan yana bir marta ko‘rishdim. U menga bo‘yinbog‘ bog‘lashni o‘rgatib qo‘ydi!” — deya taassurotlari bilan bo‘lishdi talaba.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)