Pasifikda (Kaliforniya) yashovchi ayol halok bo‘lgan eri Jeysh Patelning jasadini yo‘qolgan mobil telefonlarni qidirish dasturi yordamida topdi. Bu haqda The Mercury News xabar bermoqda.
Kaliforniya yo‘l patruli vakili Arturo Montelning ma’lum qilishicha, 49 yoshli erkak 18-dekabr kuni yo‘l-transport hodisasi tufayli olgan shikastlanishlari oqibatida halok bo‘lgan.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, uning Mercedes’i ko‘prikdan chiqib ketgan va o‘n metrga yaqin balandlikdan pastga qulagan.
Uning rafiqasi Patelning jasadini ertasi kuni tushga yaqin topgan va shu zahoti avariya-qutqaruv maxsus xizmatlariga hodisa haqida ma’lum qilgan. Ayol yo‘qolgan telefonlarni qidirish uchun mo‘ljallangan mobil dasturdan foydalangan. Bungacha esa erining yo‘qolib qolganligi haqida politsiyaga ariza bergan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)