Tarkibida spirt bor tibbiy preparatlar, shu jumladan, “Valokordin” va “Boyarishnik” retseptlar bo‘yicha sotiladi. Bu haqda Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Xloponin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Shuningdek, u tarkibida spirt bor preparatlar sotuvchi apparatlar yo‘q qilinishini aytib o‘tdi.
“Tibbiy preparat sifatida ishlatiladigan va ba’zilar ichadigan ‘Boyarishnik’ damlamasi ham dorixonada retsept bo‘yicha sotiladi. Hozirgiday avtomatlar orqali emas”, — tushuntirdi u.
Xloponinning fikricha, sotish miqdoriga ham cheklov o‘rnatish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Irkutsk shahrida “Boyarishnik”dan zaharlanib o‘lganlar soni 71 kishiga yetdi.
Izoh (0)