Xitoyning Alibaba internet-riteyleri AQSh tomonidan litsenziyalanmagan mahsulotlar sotuvi tufayli “qaroqchi bozorlar” ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
To‘rt yil muqaddam kompaniya ro‘yxatdan chiqarilgan edi, ammo endilikda AQShning tegishli organlari Alibaba Group’ga tegishli Taobao onlayn-platformasi orqali katta miqdorda kontrafakt sotilayotganini ma’lum qilmoqda.
Alibaba Group prezidenti Maykl Evans bunday qarordan ranjiganini tan oldi. Uning so‘zlariga qaraganda, qaror faktlar asosida qabul qilindimi yoki siyosiy vaziyat bilan tushuntiriladimi — bu hali noma’lum.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida Xitoy kompaniyalarini mualliflik huquqini buzishda ayblagan edi.
Izoh (0)