Novorossiyskda 21-marshrutka haydovchisi ikkinchi yil ketma-ket avtomobilida Yangi yil archasi va bayram stolini o‘rnatib, o‘zi Qorbobo kiyimini kiyib oldi, deb yozadi TJournal.
Bu yil haydovchining Qorqiz kiyimidagi yordamchisi ham paydo bo‘ldi. Barcha yo‘lovchilar uchun ziyofat stoli o‘rnatilgan, mashina salonida esa yangi yil musiqasi yangramoqda.
Novorossiyskda “Yangi yil” marshrutkasi birinchi marta 2015-yilning oxirida paydo bo‘lgan edi. U haqda OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilganligiga qaramasdan, haydovchining ismi noma’lumligicha qolmoqda. Yo‘lovchilar marshrutkani shahardagi eng muhtasham marshrutka deb atamoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)