Xonanda Rayhon “Namaste” qo‘shig‘iga ishlangan klipi taqdimotini 19-dekabr kuni o‘tkazdi, deb yozdi “Shok.uz”.
“Marmaris” restoranida bo‘lib o‘tgan taqdimotga Rashid Xoliqov, Manzura, Ziyoda kabi qo‘shiqchilar qatorida, Rayhonning oila a’zolaridan singlisi Nasiba, kichik jiyanchasi va turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov tashrif buyurdi.
Hindistonda suratga olingan klip taqdimotini boshlovchi Xurshid Inog‘omov olib borgan. Kechaning kulminatsion qismida Farhod Alimov chiqish qilib, do‘sti Xurshid Inog‘omov bilan birga Rayhon uchun “Juliya” taronasini kuylab bergan. Bu esa Rayhonning cheksiz quvonchiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)