Madridning “Real” hamda “Atletiko” futbol klublari voyaga yetmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda belgilab qo‘yilgan normalardan chetlashgani uchun, FIFA har ikki klubga 2018-yilga qadar yangi futbolchi sotib olishni taqiqlab qo‘ygandi.
Sentyabr oyida e’lon qilingan bu qarordan keyin “Real” Xalqaro Arbitraj Sudiga appelyatsiya berib, 90 kun davomida o‘z da’vosini qanoatlantirish bo‘yicha kurash olib bordi. Yakunda XAS “Real” tomonidan tushgan arizani atroflicha o‘rganib chiqib, klubga 2017-yilning yozida futbolchi xarid qilishga ruxsat berdi.
2014-yilgi mavsumda FIFA Kataloniyaning “Barselona” klubini ham xuddi shu holat bo‘yicha jazolagandi. Biroq jamoa da’vo arizasi bilan masalani ijobiy tomonga hal qila olmagan.
“Chempionat” ma’lumotiga ko‘ra, “Real” xohishining qisman qanoatlantirishi “Barselona” rahbariyatining noroziligiga sabab bo‘ldi. Reglamentning buzilishi bir xil bo‘lsa-da, belgilangan jazo ikki xil bo‘lib qoldi. Shu boisdan ham “Barselona” XAS bilan ish olib borgan advokatlaridan tushuntirish talab qilmoqda.
Qayd etish kerak, “Real” rahbariyati o‘z da’vosini to‘liq emas, qisman qanoatlantiradigan norozi bo‘lib, XASni mardlik yetishmaganlikda ayblagandi.
Izoh (0)