BMT Bosh Assambleyasi Qrimda inson huquqlari bo‘yicha vaziyatni xalqaro monitoring qilish chaqirig‘i ifodalangan rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rezolyutsiya loyihasining muallifi Ukrainadir. Ovoz berishda hujjatni 70 mamlakat yoqlab chiqdi, 26 mamlakat qarshi ovoz berdi, 77 davlat vakillari ovoz berishdan tiyildi.
Loyihaga Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligi va AQSh ovoz berdi, Rossiya, Serbiya, Xitoy, Hindiston, JAR, Armaniston, Kuba, Qozog‘iston, Belarus va boshqa mamlakatlar qarshi chiqdi.
Hujjat BMT bosh kotibiga Qrimga xalqaro huquq himoyachilari missiyalarini yo‘llashni taklif qiladi. Rossiyadan esa ularni yarim orolga kiritish talab qilinadi.
“Xalqaro ekspertlarning bo‘lishi Qrimda vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olishda birinchi darajali ahamiyatga ega”, — deyiladi rezolyutsiyada.
Izoh (0)