Janubiy Koreyada Chxve Sun Sil ustidan sud jarayoni boshlandi. U bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgandi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Dastlabki eshituvlar Seul okrug sudida bo‘lib o‘tmoqda. Sudning birinchi yig‘ilishini Janubiy Koreya televideniyesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etmoqda. Chxve Sun Sil va prezidentning ikki sobiq kotibiga qarshi ayblovlar o‘tgan oyda ilgari surilgandi.
Chxve Sun Sil hech qanday lavozimlarni egallamagan, biroq prezidentning dugonasi Pak Kin Xe bilan yaqinligidan davlat ishlariga aralashish va shaxsiy boyish maqsadida foydalangani, shu tariqa yirik kompaniyalardan millionlab dollar olgani bildirilmoqda.
Mamlakatda prezidentlik vakolati vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo Anga topshirilgan. Pak Kin Xening kelgusi taqdirini Konstitutsiyaviy sud hal qilishi lozim.
Izoh (0)