Issiq shokolad – sovuq kunlarda ichiladigan eng yaxshi ichimliklardan biri. Bugungi kunda, issiq shokoladni uyda tayyorlash juda oson.
Issiq shokolad quyidagicha tayyorlanadi:
Kerakli masalliqlar:
450 ml sut;
70 gr qora shokolad ( 70% );
30 gr sutli shokolad;
75 ml qaymoq ( 33% );
1/4 choy qoshiq maydalangan dolchin;
marshmellou;
bir chimdim tuz.
300 ml sutni o‘rtacha olovda qaynaguncha isiting va olovni pasaytiring. Qora va sutli shokoladlarni maydalab sut ichiga solib, qaynaguncha aralashtirib turing. Qolgan sutni, tuzni va qaymoqni aralashtiring. Qaynamasdan turib, olovni o‘chiring. Tayyor bo‘lgan shokolad idishlarga quyilgandan so‘ng, ustini marshmellou va dolchin bilan bezatishingiz mumkin.
Izoh (0)