Argentinalik hujumchi Lionel Messi kuchli beshlik milliy chempionatlarida to‘p suradigan futbolchilar orasida 2016-yilgi mavsumda eng ko‘p gol urdi, deb yozdi “Chempionat”.
2016-yil hisobidan bo‘lib o‘tgan barcha turnirlarni hisobga olganda Messi 51 marta raqib posbonlarini hafa qilgan. U yildagi so‘nggi golini La Liga 16-turida “Espanyol” darvozasiga urdi.
Krishtianu Ronalduda 2016-yilgi gollar soni jami 42 tani tashkil qildi. Bu esa unga o‘z hayotida to‘rtinchi bor “Oltin to‘p”ni yutib olishi uchun as qotdi. Messida gollar soni ko‘proq bo‘lsa-da, jamoaviy yutuqlari bo‘yicha Ronaldu bilan tenglasha olmadi.
“Espanyol” darvozasiga ikkita gol urgan Luis Suares 2016-yil hisobidan 37 bor muvaffaqiyat qozongan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya klublari shu bilan qishki ta’tilga chiqdi. Ular 2017-yil kirib kelguniga qadar maydonga tushmaydi.
Izoh (0)