Turinning “Yuventus” klubi futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining o‘z maydonida kechgan ketma-ket 25-uchrashuvida zafar quchib, o‘zining rekordini takrorladi. Bu haqda “Futbol Kulichki” nashri xabar berdi.
“Yuventus” 2013/14-yilgi mavsumda ham shunday yurishni amalga oshirgandi. Klub o‘z maydonidagi navbatdagi uchrashuvni 8-yanvar kuni “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi. Bu esa takrorlangan rekordni yangilash uchun as qotishi mumkin.
Massimiliano Allegri boshchilik qilayotgan jamoa ketma-ket oltinchi bor mamlakat chempioni bo‘lish yo‘lida harakat qilmoqda. A seriyaning 17-turiga kelib klub bu yo‘ldagi eng asosiy raqobatchi — “Roma”ga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdagi yagona gol “Yuve”ning 90 million yevrolik xaridi Gonsalo Iguain tomonidan urildi. Argentinalik hujumchi bir tur avval bo‘lib o‘tgan Turin derbisida ham jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qilgandi. Joriy mavsum hisobidan Gonsaloning gollari “Yuventus” uchun 11 sof ochkoni olib keldi. Nazariy jihatdan olib qaraganda bu ochkolarsiz “Yuventus” 5-o‘rinda borishi mumkin edi.
Bir tur avval “Roma”dan yengilgan “Milan” mazkur turda “Atalanta”ni qabul qilib, 2 ochko yo‘qotdi. 17-turning qolgan yetti uchrashuvi yakshanba oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Italiya A seriyasi 17-tur bellashuvlari 17-dekabr, shanba
“Empoli” — “Kalyari” 2:0
Gollar: Levan Mchedlidze, 8 (1:0). Levan Mchedlidze, 72 (2:0).Noaniq penalti: Joao Pedro, 81 (K).“Milan” — “Atalanta” 0:0
“Yuventus” — “Roma” 1:0
Gol: Gonsalo Iguain, 14 (1:0).18-dekabr, yakshanba“Sassuolo” — “Inter”“Kyevo” — “Sampdoriya”“Napoli” — “Torino”“Peskara” — “Bolonya”“Udineze” — “Krotone”“Jenoa” — “Palermo”“Latsio” — “Fiorentina”
Izoh (0)