Venesuela fuqarolari mamlakat sharqida iqtisoddagi inqiroz holati tufayli tartibsizliklar uyushtirdi. Do‘konlar talon-taroj qilinishiga olib kelgan g‘alayonni bostirish uchun milliy gvardiya jalb etildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Mamlakatning bir qator shaharlarida banklar almashtirish uchun pullarning qabul qilmayotgani noroziliklarga sabab bo‘ldi. Oldinroq prezident Maduro Venesuelada eng ommalashgan 100 bolivar qiymatidagi kupyura bekor etilishini e’lon qilgandi. Hozirda ularni faqat Markaziy bankda va kelgusi hafta seshanbasigacha almashtirish mumkin.
Markaziy bankning barcha bo‘linmalari ham ishlamayotganligi, qolaversa, 30 millionli aholining uchdan bir qismida bankda hisob raqami yo‘qligi jiddiy muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)