Rossiyaning Kostroma shahrida Vologodskiy viloyatida yashovchi retsidivist o‘g‘ri qo‘lga olindi. U qimmatbaho o‘yin pristavkasini ijaraga olib, uni bolalar uyiga sovg‘a qilib yuborgan. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kostroma viloyati matbuot xizmati o‘g‘rining so‘zlarini keltirishicha, u jinoyatni bilib turib sodir qilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, o‘zi ota-onasiz tarbiya topganligi uchun bolalar uyidagi bolalarga zamonaviy o‘yinchoqlar qanchalik yetishmasligini yaxshi biladi.
Yoz faslida u velosipedni ijaraga olib, Kostromadan Yaroslavlga yo‘lga chiqqan. Yo‘l-yo‘lakay velosiped buzilib qolgan va o‘g‘ri uni yo‘l chetida qoldirib ketgandi.
U, shuningdek, turli tumanlardagi o‘g‘rilik va firibgarlik holatlari bo‘yicha gumonlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)