O‘z vaqtida Toshkentning “Paxtakor” va Buxoroning “Buxoro” klublari sharafini himoya qilgan futbolchi Naoya Shibamuraning yapon televideniyesida chiqish qilgani haqida “Championat.asia” sayti ma’lumot berdi.
Shibamura 2013-yilgi mavsumni “Paxtakor” safida boshlab, uning ikkinchi davrasini “Buxoro”da o‘tkazgandi. O‘zbekiston Oliy Ligasiga esa Latviyadagi faoliyatidan keyin yetib kelgan.
Yaponiya telekanalidagi chiqishida Naoya o‘zbekcha urf-odatlarga to‘xtalgan. Bunda osh alohida o‘rin tutganini orqa fondagi suratdan ham bilish mumkin. Unda “Paxtakor” futbolchilari osh uchun navbatda turganliklari aks etgan bo‘lib, ularning ortidan it, mushuk, qo‘y, sigir, o‘rdak kabi uy hayvonlari ham chizib qo‘yilgan.
https://twitter.com/Jsports_Foot/status/802074533175828480
Yana bir suratda esa Shibamuraning Latviyadan O‘zbekistonga kelgani, undan esa Polshaga yo‘l olganini tushunish mumkin. O‘zbekiston bayrog‘i ostida esa Buxorodagi tarixiy obidalar aks etgan.
https://twitter.com/Jsports_Foot/status/802073144383008768
Futbolchi yapon TVsida chiqish qilgani haqida o‘zining internetdagi sahifasida ham ma’lumot bergan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy Ligasida hozirda ham yaponiyalik futbolchi to‘p suradi. “Bunyodkor” vakili Sato Minori 3 mavsumdan buyon “qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qiladi.
Orada u Yaponiyaga qaytib, uylandi va rafiqasi bilan yana Toshkentga yetib keldi.
Izoh (0)