Xitoy klubiga o‘tishi kutilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odil Ahmedovning Namanganda bo‘lib turgani xabar qilingandi. “Futbol Ekspress” gazetasi uning otasidan bu haqda so‘radi.
“Odil Namanganda. “Krasnodar” va Xitoy klubi bir to‘xtamga kelib ulgurmagan bo‘lsa kerak. Nazarimda, Odil Xitoyga yo‘l oladi. Menimcha, agenti ham hozir Xitoyda”, — deb aytib o‘tgan Olimjon Ahmedov.
“Fyodor Smolovni ham Dortmund klubiga sotishmoqchi. Galitskiy yangi stadion uchun katta pul sarfladi. Endi yetakchilarini boshqa klubga pullash orqali o‘z ahvolini yaxshilab olmoqchi, shekilli”, — deb fikr bildirgan futbol Ahmedovning otasi.
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedovning xizmati bilan Xitoyning “Shandong Luneng” futbol klubi qiziqayotgan bo‘lib, u “Krasnodar” hisob raqamiga 8 million yevro o‘tkazib berishga tayyorligi aytilgandi.
Izoh (0)