Lyft eng yaxshi qisqametrajli multfilm uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan rejissor Jon Kars bilan hamkorlikda June: Life is Better When You Share the Ride deb nomlangan aminatsion reklama chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Syujet bo‘yicha, yolg‘iz ayol o‘zining eski mashinasini yo‘qotib qo‘yadi, biroq bundan xafa bo‘lmasdan yangisini sotib oladi va haydovchilikka ishga kiradi. U turli-tuman odamlarni manziliga eltib qo‘yib, ularning hikoyalarini tinglaydi va do‘stlar orttiradi.
Lyft — butun dunyo bo‘ylab safarlarga buyurtma oluvchi kompaniyadir.
Rolikni yaratishda animatsiya uchun javob beruvchi Chromosphere studiyasi, bastakor Kristof Bek va musiqachi Sir the Baptist ham ishtirok etdi.
Izoh (0)