O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan, 2007-yil esa Osiyo qit’asining eng yaxshi mutaxassisi sifatida tan olingan Rauf Inileyev Toshkentning “Obod” klubida ish boshlashi mumkin.
“Menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Klub mutasaddilari bilan uchrashdik. Sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammo borligi haqida ularga aytdim. Rahbarlar bilan yana bir marta uchrashib olishga kelishdik. O‘shanda barchasini hal qilamiz”, — deb aytib o‘tgan Rauf Inileyev.
Mutaxassisning “Futbol Ekspress” nashriga bergan intervyusida quyidagi jumlalar ham bor:
“Menga boshqa jamoalardan ham takliflar bor. ‘Obod’ Toshkent jamoasi ekani menga ma’qulroq bo‘lib turibdi. Aynan qaysi klubni tanlaganim haqida shartnoma tuzganimdan so‘ng aytib o‘taman”.
Ma’lumot uchun, Toshkentning “Obod” klubi Oliy Ligadagi debyut mavsumida kamida 3 bor murabbiy almashtirdi va mavsumni14-o‘rinda yakunladi.
Izoh (0)