Parijdagi Eyfel minorasi personal ish tashlagani bois turistlar uchun yopildi. Bu haqda, Le Parisien nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Eyfel minorasi ekspluatatsiyasi jamiyati ish tashlashning sababi sifatida maoshning kamligini ko‘rsatmoqda.
Ish tashlash to‘g‘risidagi qaror kasaba uyushmasining umumiy yig‘ilishida qabul qilindi.
Eyfel minorasida 300 ga yaqin odam ishlaydi. Har kuni u yerga 6 ming turist tashrif buyuradi, shulardan 80 foizi chet elliklardir.
Izoh (0)