Janubiy Koreyaning Ulsan shahri yaqinida joylashgan harbiy bazada ro‘y bergan portlash oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi jarohatlandi. Ulardan uch nafari og‘ir ahvolda, bir nafari esa jon talvasasida, deb xabar beradi “TASS”.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi. Ularning bari 20–23 yosh orasidagi safarbar qilingan harbiy xizmatchilar hisoblanadi.
Voqeaning sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)