Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasi yangi komandiri general-mayor Oleg Mityayev 13-dekabr kuni Dushanbeda shaxsiy tarkibga tanishtirildi. Bu haqda “TASS”ga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin ma’lum qildi.
Harbiy qo‘shilmaga ilgari qo‘mondonlik qilgan polkovnik Denis Lyamin Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida yangi tashkil etilgan 90-tank diviziyasi komandiri etib tayinlandi.
201-harbiy baza Rossiyaning mamlakat hududidan tashqarida joylashgan eng yirik harbiy obyekti hisoblanadi. U Dushanbe va Qo‘rg‘ontepa shaharlarida dislokatsiya qilingan.
Izoh (0)