Mercedes-Benz kompaniyasi tashqi ko‘rinishi dizayni va interyeri elementlari aks etgan yangi avlod E-Class kupesi videotizerini e’lon qildi. Avtomobil to‘liq shu yil dekabrida oshkor etiladi, uning omma oldidagi namoyishi esa Detroytda yanvarda o‘tkaziladigan motorshouda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Belgiyaning AutoTijd sayti tizer ortidan Avantgarde va AMG Line modifikatsiyalaridagi avtomobillar ko‘rsatilgan E-Class kupesi skrinshotlarini chop etdi. Mazkur suratlardan model pnevmatik podveska, 1450-vatt va 23 ta dinamikli Burmester audiotizimi, sedandan boshqacha bezatilgan va o‘zgacha deflektorli markaziy konsolga ega bo‘lishini ko‘rish mumkin.Ikki eshikli avtomobil uchta — 184, 245 va 333 ot kuchiga ega benzinli motorlar bilan, shuningdek, 194 ot kuchiga ega dizel dvigateli bilan jihozlanadi. Barcha modifikatsiyalarda to‘qqiz bosqichli avtomatik uzatish qutisi bo‘ladi. To‘liq uzatma faqat V6 li “top” variantlar uchun ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.