Solomon orollarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, yerosti silkinishlari epimarkazi Solomon orollari davlati poytaxti Xoniara shahridan 231 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i esa 14 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
8-dekabr, payshanba kuni arxipelag yaqinida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)