Qo‘shiqchi Madonna Billboard jurnali talqini bo‘yicha “Yil ayoli” mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “TASS”.
Billboard Women in Music marosimi 9-dekabr, juma kuni kechqurun Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi.
58 yoshli qo‘shiqchi mukofotni olar ekan, o‘z muxlislariga minnatdorlik bildirdi va aynan ular tufayli 30 yildan ortiq sahnada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Madonna (haqiqiy ismi Madonna Luiza Chikkone) shuningdek, inson huquqlari, ayniqsa ayollar huquqini quvvatlash va himoya qilishni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida musiqaga qo‘shgan hissasi uchun kanadalik kantri qo‘shiqchi Shanayya Tveyn, uning vatandoshi Alessiya Kara, amerikalik qo‘shiqchi Megan Treynor ham mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)