Avstriyalik olimlar 51 harfdan iborat so‘zni yil so‘zi deb e’lon qildi. Bu haqda, The Independent nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bundespräsidentenstichwahlwiederholungsverschiebung so‘zi “federal prezident saylovini qaytadan ortga surish” deb tarjima qilinadi.
“Mundarijasi, shuningdek, uzunligi nuqtai nazaridan so‘z joriy yildagi siyosiy voqealarga kinoyali munosabat ramzidir”, — deb qarorga izoh berdi hakamlardan biri.
Shuningdek, Gratsa universiteti mutaxassislari yilning “noso‘z”ini aniqladi. Avstriya va Brexit so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Avstriyaning Yevroittifoqdan chiqishini anglatuvchi Öxit so‘zi bu maqomga ega bo‘ldi.
Izoh (0)