AQShning Pensilvaniya shtatida o‘tkazilgan xokkey o‘yini vaqtida qiziq voqea sodir bo‘ldi. Mezbon jamoa xokkeychilari birinchi shaybani kiritishi bilan muz ustiga yumshoq o‘yinchoqlar yomg‘iri yog‘a boshladi.
Bu 1993-yildan buyon urf bo‘lib, rojdestvo arafasidagi o‘yinda mezbonlar birinchi shaybani urishi hamonoq muz usti ayiqchalar, quyonchalar va yo‘lbarschalarga to‘la boshlaydi.
Uchrashuvdan keyin o‘yinchoqlar bolalar uylari va kasalxonalarga yetkaziladi.
Izoh (0)