Misr hukumati mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning o‘g‘li Usama Mursiyni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Associated Press’ga tayanib.
Avvalroq Usama Mursiyga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Bunday chora-tadbirlar sabablariga esa Misr hukumati aniqlik kiritmagan edi.
O‘z navbatida, Misrning “al-Ahram” nashri hibs haqida xabar e’lon qilarkan, Usama Mursiy zo‘ravonliklarni amalga oshirishga gijgijlashda ayblanayotganini qayd etdi.
Eslatib otamiz, noyabr oyida Misr kassatsiya sudi mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga chiqarilgan o‘lim jazosini, keyinroq umrbod qamoq jazosini (Misrda bu 25 yillik qamoq jazosiga teng) bekor qilgan edi.
Izoh (0)