Misr poytaxti Qohiraga yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdi Nil deltasida (daryoning tarmoqlangan mansabi) joylashgan Minufiya provinsiyasida relsdan chiqib ketdi, deb yozadi “TASS” mahalliy gazetaga tayanib.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avariya natijasida jabrlanganlar yo‘q. Temiryo‘l tarmog‘ida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi. Provinsiya hukumati yo‘lovchilarni yaqin oradagi stansiyalarga yetkazib qo‘yish uchun o‘ndan ortiq avtobuslarni jalb etdi, u yerdan ular o‘z manzillariga yetib olishi mumkin.
Tanta shahridan Qohiraga otlangan 548-sonli poyezd Shibin-al-Kom temiryo‘l stansiyasi yaqinida relsdan chiqib ketdi. Hodisadan so‘ng darhol yo‘lovchilar orasida sarosima yuzaga keldi, odamlar vagonlar oynalaridan o‘zlarini tashqariga otdi.
Izoh (0)