O‘zining so‘nggi mavsumini O‘zbekiston birinchi divizioniga tushib ketgan “Andijon” safida o‘tkazgan Pavel Smolyachenko Malayziyaning “T-Tim” klubi safida qolish uchun ko‘rikdan o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Smolyachenko malay klubi safida o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi va gol urdi. Mahalliy “Football Plus FC” klubiga qarshi bellashuv “T-Tim”ning 9:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Uchrashuvda Pavel Smolyachenkoning qancha to‘p surgani haqida ma’lumot yo‘q. Uning goliga qadar jamoadoshlari 6 bor muvaffaqiyat qozonib bo‘lgandi.
Qayd etish kerak, Rossiya milliy terma jamoasidagi o‘yinlari orqali tanilgan Dmitriy Sichev ham “T-Tim” safida ko‘rikda bo‘lib turgandi. O‘rtoqlik o‘yinida u ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Bu ikki futbolchining Malayziyada qolish yoki qolmasligi masalasi hali to‘liq hal etilmagan.
Izoh (0)