Rossiyaning “Krasnodar” klubi sport direktori Vladimir Xashig kelajakdagi rejalar borasida berilgan savollarga javob qaytardi. Bu haqda “Goleada” nashri “Match-TV” kanaliga asoslanib ma’lumot berdi.
Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klublaridan biriga sotib yuborilishi borasida Xashig shunday fikr bildirdi:
“Agar qandaydir takliflar bo‘lsa, biz ularni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Futbolchining o‘zi bilan birga o‘tirib, taklifni o‘rganamiz. Hozircha uni sotish haqida gap yo‘q”.
Ma’lum bo‘lishicha, “Krasnodar” mavsum boshida Susoni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Ayni vaqtda “Milan” klubida to‘p surayotgan futbolchi yiliga 2,2 million yevro maosh so‘ragan, “Krasnodar” esa 1,7 milliondan ortig‘ini berishga tayyor emasligini bildirgan.
“Krasnodar” ayni vaqtda Suso darajasidagi futbolchini tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Odil Ahmedov yoki boshqa biror futbolchining sotilishi bu ishni tezlashtirishi mumkin.
Izoh (0)