Alpaka va havo rang qo‘y qishlash uchun Moskva viloyati pitomnigidan Moskva hayvonot bog‘iga ko‘chirildi. Bu haqda poytaxt meriyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tuyalarning Janubiy amerikalik qarindoshlari nar alkapa, ikki modasi va bolasi qo‘toslar yonidagi volyerga, Himolay qo‘yi esa Turya tepaligiga joylashtirildi.
“Moskva hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar havo rang qo‘yni birinchi marta ko‘rishadi”, — deyiladi xabarda.
Havo rang qo‘ylar tabiatda Nepal, Xitoy, Pokiston va Hindiston hududidagi tog‘larda yashaydi.
Alpaka — Janubiy Amerikada yashovchi tuyasimon hayvonning xonakilashtirilgani bo‘lib, uning juni oltin teri deb ataladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)