Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2014-yil avgustida Iroq va Suriyadagi IShID marralariga havodan zarba berishni boshlaganidan beri 50 mingga yaqin jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Pentagonning yuqori martabali vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu vaqt mobaynida IShID marralariga 16 ming aviahujum uyushtirildi, ularning uchdan ikki qismi Iroq hududiga to‘g‘ri keladi.

Pentagon vakiliga ko‘ra, koalitsiya zarbalaridan jami 173 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Biroq OAV tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlar soni rasmiy ma’lumotlardan anchagina ortiq ekanligini ta’kidlamoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?