Moskvaning SSKA jamoasi posboni Igor Akinfeyev Yevropa Chempionlar Ligasi tarixida 2 ta avtogol muallifi bo‘lgan ilk darvozabonga aylandi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
“Tottenhem”ga qarshi (1:3) YChL guruh bosqichi so‘nggi turida Akinfeyev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 2015/16-yilgi mavsumda SSKA darvozaboni 25-noyabr kuni “Volfsburg”ga qarshi YChL o‘yinida avtogol muallifi bo‘lgandi.
Bundan tashqari, “Tottenhem” bilan o‘yinda 30 yoshli posbon YChL doirasida ketma-ket 39 o‘yinda gol o‘tkazib yuborib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha antirekord sohibi sanaladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)