Shu yilning 26–27-noyabr kunlari Germaniyaning Noy-Ulm shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Ulm Donau Rhythmic Cup–2016 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston gimnastika federatsiyaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Turnirda 15 mamlakat – Avstraliya, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Vengriya, Germaniya, Kanada, Lyuksemburg, Gollandiya, Rossiya, Slovakiya, AQSh, Ukraina, Fransiya, Chexiya va O‘zbekistondan 200 nafardan ortiq gimnastikachi qizlar ishtirok etdi.
Musobaqalar ko‘pkurash dasturi bo‘yicha 13 ta yosh toifasida o‘tkazildi. Turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)