Amerikaning United Launch Alliance kompaniyasi Kanaveral burnidagi (Florida shtati) kosmodromdan AQSh Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun WGS-8 sun’iy yo‘ldoshi bilan Delta IV eltuvchi raketasini uchirdi. Bu haqda korporatsiya vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Amerikaning Wideband Global SATCOM tizimi orbital guruhini to‘ldiruvchi qurilma maxsus kapsulaga joylashtirilgan. Raketa belgilangan balandlikka erishgandan keyin sun’iy yo‘ldosh ajralib chiqadi.
Sun’iy yo‘ldosh yaqin yillarda Amerika harbiylari, jumladan harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan harbiylarni keng polosali aloqa bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)