Yunusobod tumanida bir guruh harbiy xizmatchilarga ko‘p qavatli yangi uyni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ko‘p qavatli uy “Bag‘dod karvon” MChJ quruvchilari tomonidan barpo etildi.
MChJ direktori Mixail Ovkinning ta’kidlashicha, bir, ikki va uch xonalardan iborat mazkur ko‘p qavatli uyni barpo etishda uning muhandislik-kommunikatsiya tizimlari eng zamonaviy talablarga javob berishi, shovqinni o‘tkazmasligi, issiqlikni saqlashi, seysmobardoshliligi va boshqa jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Uyning yon-atrofi obodonlashtirilib, bolalar, sport maydonchalari, dam olish uchun ayvonchalar ham qurilgan.
“Oilam, farzandlarim shunday keng, shinam uyda istiqomat qilishidan g‘oyat mamnunman. Bu yuksak e’tiborga javoban biz zimmamizdagi mas’uliyatli va sharafli vazifalarni kuch-g‘ayrat bilan ado etib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz”, — dedi uy sohibi bo‘lgan harbiy xizmatchilardan biri — mayor Aziz Egamnazarov.
Izoh (0)