Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun 70-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabiga qariyb 36 ming dollarlik o‘quv, musiqa, sport anjomlari va turli tibbiy jihozlar topshirildi, deb yozadi O‘zA.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Janubiy Koreyaning Siloam Center For The Blind xayriya tashkiloti mutaxassislari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, pedagog va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Hamkorlikdagi dasturda yana bir necha ixtisoslashtirilgan maktablarga dori-darmon, multivitamin, tibbiy anjomlar, nogironlik aravachalari, sport inventarlari taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida mazkur maktab pedagogik jamoasining malakasini oshirish bo‘yicha bir haftalik maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)