Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili, agarda u Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinsa, aeroportning tranzit zonasida yashashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u 6-dekabr kuni Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: “Bigmir.net”

Foto: “Bigmir.net”

“Eng yaxshi vaziyatda biror-bir xalqaro aeroportning tranzit zalida yashayman. Chunki bu ahmoqlik. Bu juda ahmoqona vaziyat bo‘lar edi”, — dedi u.

Noyabr oyining boshida Saakashvili Odessa gubernatorligidan ketishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, siyosatchi ushbu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlagani ma’lum bo‘ldi. Buning uchun Saakashvili “Tozalash uchun harakat” siyosiy tashkilotini yaratishga kirishdi.

Bir muddatdan so‘ng Saakashvili Facebook’dagi sahifasi orqali Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uni mamlakat fuqaroligidan mahrum qilmoqchi ekanligini yozdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi