“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 7-dekabr kungi Toshkent—Nukus reysini 10 soat kechiktirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Nukusga parvoz etishi kerak bo‘lgan “Daryo” mobil muxbiri xabar berdi.
Samolyot Toshkent aeroportidan tonggi 7:10 da siljishi kerak bo‘lgan. Parvoz vaqti yaqinlashib qolganida u 8:40 ga ko‘chirilgan. Keyinroq esa reys 10:03 ga, undan keyin 11:00 ga qadar surilgan. Yakunda 17:30 variantida to‘xtalingan.
Aviakompaniyaning ma’lumotlar berish xizmatidan “Daryo” ma’lum qilishlaricha, qolgan reyslar o‘z vaqtida amalga oshirilgan. Toshkent-Nukus reysi esa ob-havoning noqulayligi uchun ortga surilgan.
“Uzgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bugun — 7-dekabr kuni Nukusda ob-havo -2,3 darajani tashkil qilmoqda va qor yog‘adi. Toshkent shahrida esa havo harorati 8—9 daraja iliq bo‘ladi.
Erta tongda Toshkent va unga tutash hududlarni qalin tuman qoplagandi.
Izoh (0)