Indoneziyada 6,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Tabiiy ofat oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlar odamlar jabrlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
O‘nlab uylar, ibodatxonalar va binolar vayron bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:03 da sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Banda-Achex shahridan 92 kilometr sharqda, uning o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)