Chaqaloq nega yig‘layotganining sababini bilish mushkul. Uni ovutish esa yanada qiyinroq.
Amerikalik pediatr Robert Gamilton yosh ota-onalarga chaqaloqni qanday qilib ovutishi kerakligi borasida master-klass namoyish qildi. U qo‘liga olgan go‘daklar chindan ham 5 soniyadan keyin o‘ziga kelayotgandi.
4 ta maslahat
1. Chaqaloqning bir qo‘lini olib, ikkinchisining ustiga biriktirib qo‘ying.2. Chap qo‘lingiz bilan uning qo‘lchalari ustidan tuting va uni mahkam ushlang.
3. O‘ng qo‘lingiz bilan esa chaqaloqning pampersi ostidan ushlang.
4. Chaqaloqni o‘ynating, tebrating, ohista silkiting, muhimi uni 45 daraja qiyalikda ushlab turing.
Izoh (0)