JCh—2018 yo‘lida kurash olib borayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabardor qildi.
O‘yin 23-yanvar kuni Amirliklarda bo‘lib o‘tadi. Boisi Samvel Babayan boshchilik qilayotgan jamoa 21—24-yanvar kunlari BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti o‘tkazadi.
Avvalroq O‘zbekiston termasi 12-fevral kuni Armanistonga qarshi bellashuvda maydonga tushishi ma’lum qilinib, u Turkiyadagi yig‘in doirasida o‘tishi aytib o‘tilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashidagi o‘zining navbatdagi o‘yinini 23-mart kuni Suriyaga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)