Kanadaning Monreal shahrida yangi qish mavsumi hisobidan birinchi bor qor yog‘di. Unga esa bir qator haydovchilar tayyor emasligi oydinlashdi, deb yozdi “Meduza”.
Shahardagi chorrahalardan birida bir necha avtomobil bir-biriga yetib oldi. Ular sirpanchiq yerda o‘zini to‘xtata olmadi. To‘qnashuvda 2 ta avtobus, pikap, qor tozalovchi mashina, politsiya avtosi ishtirok etdi.
Videolar turli rakurslardan olingan bo‘lsa-da, ularning hammasi bir vaqtda, bitta chorrahada yuz bergan voqealarni aks ettiradi.
Izoh (0)