Facebook, Microsoft, Twitter va YouTube terrorizmni targ‘ib qilishga qarshi kurashish uchun ekstremistik materiallar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni boshladi. Bu haqda korporatsiyalarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Kommersant”.
Qo‘shma bazada ekstremistlar tomonidan joylashtirilgan videoyozuv va grafik fayllarning o‘ziga xos identifikatsiyaviy belgilari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
“Bu hamkorlik terroristik kontentni internetda tarqatish global muammosiga qarshi kurashish siyosatimizning samaradorligini oshiradi deb umid qilamiz”, — deyiladi bayonotda.
Materiallar ekstremistik xarakterga ega ekanligi haqidagi qarorni har bir kompaniya mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunday ma’lumotlar avtomatik tarzda yo‘q qilinmaydi, har bir holatda tahlil qilinadi. Kompaniyalar, shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari fosh etilmasligiga va’da bermoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)