Braziliya milliy terma jamoasining sobiq a’zosi Ronaldinyo aviahalokatga uchragan “Shapekoense” klubi safiga borib qo‘shilishi haqida xabarlar e’lon qilingandi.
So‘nggi ikki kun davomida bir qator nashrlar Ronaldinyoning 2008-yilda tushgan suratidan foydalanib, uning “Shapekoense” safiga borib qo‘shilgani haqida ma’lumot berdi, deb yozdi “ISport” nashri. Bu esa aslida yolg‘on axborotdir.
Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu va “PSJ” futbol klubining “Shapekoense” uchun katta miqdorda ko‘mak puli berishi ham yolg‘on axborot bo‘lib chiqqan.
Mashhur The Sun nashri ham Ronaldinyoning futbolga qaytgani borasida xabar e’lon qilgan. Bir necha daqiqadan keyin esa o‘sha xabar o‘chirib tashlangan.
Braziliyaning Globoesporte nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldinyo “Shapekoense”ga umuman taklif bilan chiqmagan, biroq qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyor ekani haqida aytgan. Futbolchining akasi va bir vaqtda agenti Roberto Assis Ronaldinyo muxlislardan bunga oid yuzlab maktublar olgani va ulardan ta’sirlangani haqida so‘zlagan. Shunga qaramay hozircha aniq qarorga kelmagan.
Izoh (0)