Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 14-turi doirasida “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari ham o‘yin o‘tkazdi. Shanba oqshomida bo‘lib o‘tgan yetti o‘yin natijasi shu havolada keltirilgan.
Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” futbol klubi “Bornmut” maydonida 3:1 hisobida yuta turib, yakunda 3 ta gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi.
Bunga qadar “Arsenal”, “Tottenhem”, “Lester”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi klublarga qarshi to‘p surib, biror marta mag‘lub bo‘lmagan “Liverpul”, “B” harfi bilan boshlanadigan Premyer-Liganing har ikki klubidan yengildi. Jamoa mavsumning 2-turida “Byornli”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” klubi esa “Everton” maydonida ochko yo‘qotdi. “Qizil iblislar” Ibrahimovichning birinchi bo‘limdagi goli bilan oldinga o‘tib olgan bo‘lsa-da, o‘yinning asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
14-turdan keyin Londonning ikki klubi turnir jadvalini boshqarib turibdi. “Manchester Yunayted” esa beshlikda borayotgan klublardan 6 ochko ortda qolishni boshladi.
Angliya Premyer-Ligasi 14-tur bellashuvlari 4-dekabr, yakshanba
“Bornmut” — “Liverpul” 4:3
Gollar: Sadio Mane, 20 (0:1). Divok Origi, 22 (0:2). Kallum Uilson, 56-pen (1:2). Emre Jan, 64 (1:3). Rayan Freyzer, 76 (2:3). Stiv Kuk, 79 (3:3). Natan Ake, 90+3 (4:3).“Everton” — “Manchester Yunayted” 1:1
Gollar: Zlatan Ibrahimovich, 42 (0:1). Leyton Beyns, 89-pen (1:1).5-dekabr, dushanba“Midlsbro” — “Xall Siti”
Izoh (0)